Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Temir yo‘l relslarida yasalgan qorbobo sabab falokat yuz berishiga bir baxya qoldi
Germaniyada noma'lum kimsalar tomonidan shundoq temir yo‘l relslarida yasab ketilgan 1,5 metr balandlikdagi qorbobo sabab temir yo‘l falokati yuz berishiga bir baxya qoldi. Gap shundaki, yo‘lda kelayotgan poyezd mashinisti oldidagi qorboboni odam deb o‘ylab, favqulodda tormozlashni amalga oshirgan.
Bild nashrining yozishicha, voqea Vezenberg shaharchasi yaqinida yuz bergan. Yaxshiyamki, poyezd yo‘lovchi emas, yuk poyezdi bo‘lgan. Oqibatda poyezdning tormoz tizimi jiddiy shikastlangan, uni ta'mirlash 5 ming dollarga baholangan.
Mahalliy politsiya ma'lumotlariga ko‘ra, qorboboni uch kishi yasagan. Hozirda ular qidirilmoqdalar.
Mashinist poyezdni qorbobogacha tormozlashga ulgurgan-ulgurmagani ma'lum qilinmagan.
Mavzuga oid
13:59 / 28.05.2025
Germaniya rasmiylari Isroilning G‘azodagi harakatlarini tanqid qildi
11:22 / 28.05.2025
Germaniyadagi qochqinlar soni 3,5 million kishiga yetdi
12:20 / 27.05.2025
Germaniya kansleri Isroilning G‘azodagi harakatlarini tanqid qildi
23:34 / 26.05.2025