Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya sobiq bosh vaziri: Rossiya samolyotini urib tushirgan uchuvchi Gulen bilan aloqador bo‘lmagan
Turkiya Harbiy havo kuchlarining 2015 yil noyabrida Rossiyaning Su-24 samolyotini urib tushirgan uchuvchisi Fathulloh Gulen tashkilotiga aloqador emas. Bu haqda Turkiyaning sobiq bosh vaziri Ahmad Dovudo‘g‘li ma'lum qildi.
"Men 2015 yilning 10 oktabrida havo kengliklarimizda paydo bo‘ladigan istalgan xavfini yo‘q qilish to‘g‘risida buyruq bergandim. Bu buyruq to‘g‘ridan-to‘g‘ri Rossiya samolyotlariga qaratilmagandi. Uchuvchining FETO (Gulen tashkiloti) bilan aloqador bo‘lishi mumkinligiga kelsak, aytishim mumkinki, bunday buyruqni kim bajarishini oldindan bilib bo‘lmasdi. Bosh shtab rahbari menga uchuvchi yaxshilab tekshirilgani va uning bu tashkilot bilan aloqadorligi aniqlanmagani haqida aytgan", deyilgan Ahmado‘g‘lining parlament komissiyasi tomonidan iyul voqealaridan keyin o‘tkazilgan tekshiruv doirasidagi so‘roviga javobida. Bu hujjat bugun NTV telekanali saytida joylashtirildi.
2015 yilning noyabr oyi oxirida Turkiyaning F-16 qiruvchisi Suriya osmoni ustida Rossiyaning Su-24 bombardimonchisini urib tushirgan edi. Rossiya prezidenti Vladimir Putin bu harakatga "terrorchilar hamtovoqlari tomonidan orqadan berilgan zarba”, deya baho berib, Anqaraga nisbatan bir qator iqtisodiy choralarni kiritgan edi. 2016 yil iyun oyi oxirida Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an bo‘lib o‘tgan voqea uchun kechirim so‘radi va munosabatlar iliqlashdi.
Mavzuga oid
18:46 / 18.12.2018
OAV: Turkiyada Gulenning jiyani yetti yarim yilga qamaldi
20:28 / 26.07.2018
Britaniya Rossiyaga tegishli Su-24 samolyotlari tufayli qiruvchilarini havoga ko‘tardi
13:25 / 10.10.2017
Suriyada rossiyaliklar samolyoti halokatga uchradi
16:41 / 30.03.2017