Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukrainadagi sovuq harorat 40 kishining hayotiga zomin bo‘ldi
Ukrainada sovuq kunlar boshlangandan buyon 40 kishi, so‘nggi kunlarning o‘zida esa 11 kishi muzlash natijasida hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqida Sog‘liqni saqlash vazirligining Favqulodda tibbiy yordam ko‘rsatish boshqarmasi rahbari Tatyana Timoshenkoning ma'lumotiga asoslanib, "Korrespondent" nashri xabar berdi.
"Afsuski, 40 o‘lim holati qayd etildi. Kecha bunday holatlar 29ta edi... 40 kishidan 3 nafari - tibbiy muassasada, 27 nafari - ko‘chada va 10 nafari - uyda hayotdan ko‘z yumgan. Bu halokatlarning aksariyatiga spirtli ichimlik iste'moli va undan keyin muzlash sabab bo‘lgan", - dedi Timoshenko.
Sovuqdan nobud bo‘lish holatlari eng ko‘p Roven, Lvov va Nikolayev viloyatlarida qayd etilgan.
Bundan tashqari, payshanba kun ertalabki holatga ko‘ra, yana 869 kishi tibbiy yordam so‘rab murojaat qilgan. Ulardan 753 nafari shifoxonaga joylashtirilgan.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi
20:37 / 27.05.2025
Kellog: Rossiya va Ukrainaning urushdagi yo‘qotishlari 1 million kishidan oshdi
20:17 / 27.05.2025