Light | 09:14 / 13.01.2017
21622
5 daqiqa o‘qiladi

“BUSINESS COMPASS” o‘zbekistonliklarni ilk ochiq seminar bilan xursand qildi

Keyingi davrlarda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik iqtisodiyotning o‘zgarishlarga tez moslashuvchan sohasi sifatida ichki bozorni iste'mol tovarlari bilan to‘ldirish, xizmat ko‘rsatishning yangi va zamonaviy turlarini kengaytirish, eksport salohiyatini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash borasida qabul qilingan qarorlarning amaliyotga keng tadbiq etilishi, tekshirish ishlarining qisqarganligi, biznes yuritish uchun moliya va vaqt xarajatlarining kamayganligi, ro‘yxatga olishning xabardor qilish tizimining joriy etilishi natijasida ro‘yxatga olingan va faoliyat yuritayotgan kichik biznes sub'yektlari soni jadal oshib, ularning iqtisodiy ko‘rsatkichlarida ham ijobiy tendensiyalar yuz bermoqda.
Aynan shu sohaning rivojlanishida o‘z hissasini qo‘shib kelayotgan “BUSINESS COMPASS” jamoasi uchun 2017 yil ilk kunlaridanoq samarali boshlandi.

8 yanvar kuni “GRAND ORZU” mehmonxonasida “BUSINESS COMPASS” tomonidan tashkil etilgan bepul “Liderlik sari to‘rt qadam” seminar-treningi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasida o‘zini sinab ko‘rishni istagan va o‘z biznesini yo‘lga qo‘yish, rivojlantirish va boshqarish maqsadida tashrif buyurgan 100 nafar ishtirokchini o‘z ichiga qamrab oldi. 

Iqtidorli trener, Ikromjon Tojiddinov tomonidan olib borilgan seminar dasturida turli yoshdagi va turli sohadagi, biznes sohasiga qiziquvchi, o‘z ustida ishlash istagida bo‘lgan insonlar, asosan 25-35 yoshlar oralig‘idagi yosh tadbirkorlar hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Seminar dasturi asosiy ma'ruzadan tashqari o‘z ichiga “BUSINESS COMPASS” ning faoliyat jarayoni, malakali psixologning mavzu yuzasidan fikrlari, kofe breyk, interaktiv tarzda tashkil etilgan o‘yinlarni va fotosessiya jarayonini o‘z ichiga qamrab oldi. 

5 soat davom etgan seminar davomida ishtirokchilar nafaqat shaxsiy o‘sish, balki o‘z biznesini qurish va rivojlantirish, moliyaviy erkinlik, havfsizlikka erishish bilan bir qatorda oilaviy hotirjamlik va biznesni rivojlantirishda oilaning roli haqida ham fikr-mulohazalar yuritishdi. 

Tanaffus vaqtida tashkil etilgan kofe breyk ishtirokchilarning jismoniy barqaror holatini ushlab turish orqali ular qabul qilayotgan ma'lumotlarning samaradorlik darajasini oshirishga hizmat qildi. Shuningdek, seminar qatnashchilari orasidagi iliqlikni oshirish hamda mavzu yuzasidan paydo bo‘lgan savollarni muhokama qilish uchun ajoyib imkoniyat vazifasini o‘tadi, desak adashmagan bo‘lamiz.

Seminarning ikkinchi qismidan o‘rin olgan aktiv mashg‘ulotlar ishtirokchilarni befarq qoldirmadi.

Seminar so‘nggida “BUSINESS COMPASS” ilk marotaba o‘tkazilayotgan ochiq mashg‘ulot munosabati bilan yutuqli interaktiv o‘yinlar tashkil etdi. Sovrin sifatida o‘z shaxsiy biznesini qurish va mavjud biznesini rivojlantirish imkoniyatini beruvchi darslarda bepul qatnashish imkoniyatini beruvchi 5ta yo‘llanma, bundan tashqari, 15 yanvarda tashkil etilishi mo‘ljallangan navbatdagi seminar-trening dasturi uchun mo‘ljallangan 10 ta bepul chipta qo‘yildi. Yutuq egalari qur'a tashlash yo‘li bilan aniqlandi.
Bo‘lib o‘tgan ochiq mashg‘ulot mavzusi yuzasidan trenerga berilgan savollar o‘z javobini uzoq kuttirmadi.
 
Bunday mazmundagi seminarlar O‘zbekiston iqtisodiyotida mavjud bo‘lgan bir qator masalalar, shu jumladan, erkin raqobatni rivojlantirish, ichki bozorni milliy mahsulotlar va xizmatlar bilan to‘ldirish, eksportni rivojlantirish, aholini ish bilan ta'minlashni oshirishda muhim o‘rin kasb etadi.

“BUSINESS COMPASS” haqidagi batafsil ma'lumotni www.compass.uz saytidan olishingiz mumkin.

Ijtimoiy tarmoqlarda:

Facebook/businesscompass1

Telegram: t.me/business_compass

Instagram/ @Businesscompass

Manzilimiz: Toshkent shahar, Chilonzor tumani. 
“EUROASIA INSURANCE” biznes -markazi  3-qavat  300-xona.
Mo‘ljal: Mirzo Ulug‘bek metro bekati, “Bunyodkor stadioni.            

Murojaat uchun telefonlar: +99897 7633355, +99897 7706799, +99897 7073661

“Agar pulingiz kam bo‘lsa, o‘z biznesingizni quring. Agar pulingiz yo‘q bo‘lsa, unda zudlik bilan o‘z biznesingizni quring!”

Jon Rokfeller
 

Reklama huquqi asosida.

Mavzuga oid