Jahon | 22:24 / 13.01.2017
5458
1 daqiqa o‘qiladi

Nigeriyada 4 xudkush o‘zini portlatishi oqibatida 15 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyaning Madagali shahridagi do‘konda 4 xudkush xaridorlar orasida qo‘lbola portlovchi qurilmalarni harakatga keltirishi oqibatida kamida 15 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda

Terakt Nigeriyaning shimolidagi Adamava shtatida yuz bergan. Bu hududda eng yirik terrorchilik tashkiloti "Boko Haram" hisoblanadi, biroq politsiya vakili terakt ijrochilari va tashkilotchilari hozircha aniqlashtirilmaganini aytgan. 

Avvalroq Nigeriyada xavfsizlik kuchlari "Boko Haram"ning mamlakat shimolidagi bozorlardan birida terakt amalga oshirmoqchi bo‘lgan 3 nafar ayol xudkushini yo‘q qilgani ma'lum qilingandi. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid