Jahon | 09:18 / 14.01.2017
4415
1 daqiqa o‘qiladi

Deutsche Bank xodimlariga WhatsApp va boshqa messenjerlardan foydalanishni taqiqladi

Foto: Getty Images

Germaniyaning Deutsche Bank moliya muassasasi rahbariyati kompaniyaning korporativ telefonlarida WhatsApp kabi messenjer ilovalaridan foydalanishni taqiqladi. Bu haqda Bloomberg agentligi kompaniya xodimlari orasida tarqatilgan e'longa asoslangan holda xabar qilgan

"Biz bunday choralar sizlarning har kunlik ishingizni buzishini bilamiz. Biz taqiq natijasida sizga yetkazilayotgan noqulayliklardan afsusdamiz. Biroq, bu qadam,  Deutsche Bank me'yoriy va huquqiy talablarga javob berishni davom ettirishi uchun zarur", - deya e'londan iqtibos keltiradi agentlik. 

Bloomberg manbasining so‘zlariga ko‘ra, matnli xabarlarni, elektron maktublardan farqli o‘laroq, kompaniya serverlarida saqlab bo‘lmaydi. Shunga ko‘ra, WhatsApp, Google Talk va iMessage kabi ilovalar taqiqlanadi.

Mavzuga oid