Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy klublari ulkan transferlarni kamaytirishiga olib keladigan qoida joriy qilindi
Xitoy chempionatida legionerlar uchun limit belgilandi. Endilikda, chempionat o‘yinlarida bir jamoa tarkibida maydonda harakat qilishi mumkin bo‘lgan xorijlik futbolchilar soni 3 nafardan oshmasligi kerak hisoblanadi. Bu haqda mahalliy nashrlar yozmoqda.
Wildeastfootball ma'lumotiga ko‘ra, o‘yin qaydnomasiga 18 nafar futbolchi kiritiladi, ulardan 5 nafari xorijlik bo‘lishiga ruxsat beriladi. Bundan tashqari, qaydnomaga 23 yoshgacha bo‘lgan 2 nafar mahalliy futbolchi kiritilishi, ulardan biri esa asosiy tarkibda maydonga tushirilishi shart bo‘ladi.
OAV xabariga ko‘ra, bu qaror Xitoy Futbol federatsiyasi tomonidan hukumat ko‘rsatmasiga binoan qabul qilingan. Cheklovlar joriy etilgani haqida hozircha rasman e'lon qilinmadi, ammo federatsiya bu qoidalar haqida klublarni ogohlantirgan.
O‘tgan mavsumda Xitoy chempionatida quyidagi cheklovlar mavjud bo‘lgan: o‘yin zayavkasiga osiyolik 1 nafar legioner va boshqa qit'adan 4 nafar legioner kiritilgan. Maydonda bir vaqtning o‘zida osiyolik legioner bilan birga 3 nafar xorijlik futbolchi o‘ynashi mumkin bo‘lgan.
Xitoy chempionatining yangi mavsumi 4 mart kuni boshlanadi.
Mavzuga oid
15:17 / 17.01.2025
Futbol va buxgalteriya. «Chelsi» nega buncha ko‘p pul sarflay oladi?
17:35 / 06.02.2024
Manba: «Bavariya» Abbosbek Fayzullayevga qiziqish bildirmoqda
16:29 / 03.08.2022
Fabregas «Komo»da va futbol tarixidagi eng kutilmagan boshqa transferlar
16:44 / 18.05.2022