Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bishkek yaqinida turk aviakompaniyasi yuk samolyoti falokatga uchradi
Turkiya aviakompaniyasining Gonkongdan kelayotgan yuk samolyoti Qirg‘iziston poytaxti Bishkekdagi Manas aeroportiga qo‘nayotganda falokatga uchradi. Bu haqda Qirg‘iziston favqulodda vaziyatlar vazirligi inqirozli vaziyatlarni boshqarish markazi boshlig‘i Muhammad Svarovga iqtibos keltirgan holda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar bermoqda.
Falokat Toshkent vaqti bilan soat 6.31da yuz bergan. Ayni vaqtda voqea joyida barcha xizmatlar ish olib bormoqda.

"Samolyot yomon ob-havo sharoiti tufayli falokatga uchragan. Samolyot qulagan joyda ikkita uy yonmoqda", deb ma'lum qildi Svarov.
Samolyot ekipaji taqdiri noma'lumligicha qolmoqda. Svarovning aytishicha, samolyot ekipaji ikki uchuvchi va texnik xodimlardan iborat bo‘lgan.

Manas aeroporti ishchi tartibda ishlashni davom ettirmoqda.
Mavzuga oid
18:17 / 19.05.2025
Bishkekda o‘zbekistonlik talaba avtohalokatga uchradi. Komada yotgan qizning onasi yordam kutyapti
21:07 / 09.04.2025
Qirg‘izistonda davlat to‘ntarishiga urinish bostirilgani e’lon qilindi
18:09 / 22.01.2025
Qirg‘izistonda tirbandliklarga barham berish uchun poytaxtni ko‘chirish taklif qilindi
11:00 / 26.09.2024