Fan-texnika | 14:09 / 16.01.2017
6409
1 daqiqa o‘qiladi

Samsung kompaniyasi Galaxy Note 7 smartfonlari bilan bog‘liq tergov xulosalarini e'lon qiladi

foto: AP

Janubiy Koreyaning Samsung Electronics kompaniyasi 23 yanvar kuni Galaxy Note 7 smartfonlari yonib ketishi bilan bog‘liq surishtiruv ishlariga doir hisobotini e'lon qiladi. Bu haqda Yonhap yangiliklar agentligi xabar qilgan.

"Biz iste'molchilarning ishonchini qayta qozonish maqsadida, Galaxy Note 7 yonib ketishi sabablarini aniq ko‘rsatamiz va navbatdagi choralarni ma'lum qilamiz", - deya kompaniya vakili so‘zlarini keltiradi agentlik. 

2016 yil sentabr oyida Samsung kompaniyasi Galaxy Note 7 telefonlarini akkumulyatorlardagi nuqsonlar tufayli ommaviy ravishda sotuvdan qaytarib olgan edi. Keyinroq, ushbu modeldagi telefonlar ishlab chiqarilishi butunlay to‘xtatilgan va savdodagi barcha qurilmalar qaytarib olingandi.

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid