Jahon | 18:00 / 16.01.2017
34820
2 daqiqa o‘qiladi

Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalar bekor qilinishining yana bir shartini ilgari surdi

Foto: Bloomberg

AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp Rossiyaga joriy qilingan sanksiyalarni bekor qilish shartlaridan biri – yadro aslahalari sonini qisqartirish ekanini ma'lum qildi. U bu haqda The Times gazetasiga bergan intervyusida so‘z yuritdi. 

Trampning so‘zlariga ko‘ra, sanksiyalarni bekor qilish bo‘yicha kelishuvlarning bir qismi sifatida yadro qurollari sonini «keskin kamaytirish» kerak. Uning e'tirof etishicha, cheklovlar sababli «Rossiya juda qiynalmoqda». 

Tramp, shuningdek, Rossiyaning Suriyadagi harbiy harakatlarini ham tanqid qilib, Moskvaning harbiy amaliyotlarini «dahshatli gumanitar vaziyat»ga olib kelgan «juda yomon ish» sifatida baholagan. 

«Boshlanishi uchun, yadro qurollari sonini keskin qisqartirish, sezilarli kamaytirish zarur. Bu ehtimoliy kelishuvning bir qismi. Rossiya sanksiyalar tufayli qiynalmoqda, ammo, o‘ylaymanki, nimadir o‘zgarishi mumkin va bu foyda keltiradi», — degan Tramp.

Hujum qurollarini qisqartirish bo‘yicha shartnomaga amal qilinishi borasidagi so‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, AQSh jangovar navbatda turgan ballistik raketalar soni bo‘yicha Rossiyadan 681 taga 508 nisbatda oldinda. Ammo, Rossiya raketalari va bombardimonchilari o‘zlarida ko‘proq yadro kallaklarini tashiydi: bu boradagi nisbat 1796 taga 1367, Rossiya foydasiga. 

Shartnomaga ko‘ra, 2018 yilda ikkala mamlakat ixtiyorida 700 dan ortiq tashuvchi va 1550 jangovar kallakdan ortiq bo‘lmasligi kerak. 

Mavzuga oid