Jahon | 16:59 / 17.01.2017
5722
2 daqiqa o‘qiladi

Germaniyada neonatsistlar partiyasini taqiqlashga bo‘lgan ikkinchi urinish ham barbod bo‘ldi

foto: Reuters

Germaniyaning Karlsrue federal konstitutsiyaviy sudi Bundesrat (Federal kengash)ning murojaatini rad etdi. Federal kengash Germaniyaning neonatsistik kayfiyatdagi natsional-demokratik partiyasini tarqatib yuborish va unga mamlakat siyosiy hayotida ishtirok etishni taqiqlashni so‘ragan edi. 

GFR konstitutsiyasiga ko‘ra, mamlakatdagi biror partiyani taqiqlash uchun, birlashma o‘z a'zolarini "erkin demokratik tuzumni yo‘qotish yoki cheklash" yoxud "Germaniya Federativ Respublikasi mavjudligini tahdidga qo‘yish"ga chaqirayotgani isbotlanishi kerak. 

FKS partiyaning unchalik ham ommalashmaganini e'tiborga olish barobarida mamlakatga nisbatan tahdid mavjudligini topmagan. 

Bundesrat Germaniya natsional-demokratik partiyasini taqiqlashni talab qilgan arizasini 2013 yil dekabrida topshirgan. 250 sahifalik murojaatda GNDPning 1930-40 yillardagi Germaniya natsional-sotsializm g‘oyalariga o‘xshash jihatlari qayd etilgan. Bundesratga ko‘ra, partiya o‘z g‘oyalarini targ‘ib qilishda agressiv, zo‘ravonlik va konstitutsiyaga zid usullardan foydalanadi. 

Bundan avval, 2001 yilda Gyorxard Shreder hukumati ham ushbu partiyani taqiqlash borasida urinib ko‘rgan edi. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid