O‘zbekiston | 10:24 / 17.01.2017
21437
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkent viloyati ma'muriyati To‘ytepa shahriga ko‘chib o‘tdi

Toshkent viloyati ma'muriyati O‘zbekiston poytaxtidan To‘ytepa shahriga ko‘chib o‘tdi, deb xabar tarqatdi Podrobno.uz.

Bu haqda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyat Xalq deputatlari kengashining navbatdan tashqari sessiyasidagi ma'ruzasida so‘z yuritgan. 

«Ikki-uch yildan so‘ng, To‘ytepa to‘liq yangicha ko‘rinish kasb etadi: bu yerda yangi uylar paydo bo‘ladi. Toshkentdan bu shaharga tezyurar avtomagistral quriladi», — degan Mirziyoyev. 

Ma'lumot uchun, 1973 yilda shahar maqomini olgan To‘ytepada 29 mingdan ortiq aholi istiqomat qiladi. U To‘ytepa temir yo‘l bekatidan 4 km uzoqlikda, Toshkent-Qo‘qon avtoyo‘li yonida, Toshkent shahridan 25 km janubda joylashgan. 

Mavzuga oid