Iqtisodiyot | 08:12 / 18.01.2017
5877
2 daqiqa o‘qiladi

AQShda yangi savdo vaziri bo‘lishi kutilayotgan milliarder biznesdagi ulushini sotmoqda

Foto: AP Photo/ Frank Franklin II

Milliarder Uilbur Ross shaxsiy sarmoyaviy biznesidagi ulushini sotib yubormoqchi. U bunday qarorga AQSh savdo vaziri bo‘lib tasdiqlansa, yuzaga kelishi mumkin ehtimoliy davlat va biznes manfaatlari to‘qnashuviga duch kelmaslik maqsadida kelgan. Bu haqda Reyter agentligi xabar bermoqda.

AQSh senatida Rossni savdo vaziri etib tasdiqlash bo‘yicha eshituvlar bugun bo‘lib o‘tadi.

Ishbilarmon hajmi 50 million dollar bo‘lgan fondini boshqaruvchi Invesco Ltd kompaniyasidagi ulushini sotib yuborishga rozi bo‘ldi. Shuningdek, u qiymati 77 dan 209 million dollargacha bo‘lgan boshqa aktivlaridan ham voz kechishga tayyor.

Forbes jurnaliga ko‘ra, Rossning davlati 2,5 milliard dollarni tashkil etadi. Tramp 79 yoshli ishbilarmon vazir etib tasdiqlansa, “halol” savdo bitimlari imzolanishi hamda Xitoy va Meksika kabi davlatlar bilan savdo defitsitining kamayishi uchun harakat qilishiga umid bildirmoqda.

Trampning o‘zi esa prezident bo‘lib saylanganidan so‘ng, biznesini sotishdan bosh tortdi hamda uning boshqaruvini o‘g‘illariga topshirdi. 

Mavzuga oid