Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Vitaliy Denisov Ahmedovning Xitoyga o‘tganini muhokama qilishni istamadi
Moskvaning «Lokomotiv» klubi va O‘zbekiston terma jamoasi himoyachisi Vitaliy Denisov Odil Ahmedovning Xitoy chempionatiga o‘tishi borasida berilgan savollarga javob qaytardi
— O‘zbekiston terma jamoasidagi sherigingiz Odil Ahmedov «Krasnodar» Xitoyning «Shanhay SIPG» klubiga ko‘chib o‘tdi. Bu sizni taajjubga solmadimi?
— Gapni bu haqida xabarni oldindan bilganim bilan boshlamoqchiman. Shunday ekan, transfer meni hayron qoldirmadi. Ta'til davomida hech kim mendan Odilning Xitoy klubiga o‘tishi haqida so‘ramadi. Shunga qaramay u bilan yaqin aloqadamiz, men uning qarorini sharhlashni to‘g‘ri deb hisoblamagan bo‘lardim. Transfer amalga oshibdimi — demak, u shunday qarorga kelgan. Agar Odil yangi klubida o‘zini baxtiyor his etsa, men uning uchun juda ham xursand bo‘laman.
— Siz ham, xuddi Ahmedov kabi O‘zbekiston terma jamoasi a'zosisiz va Xitoyda odatdagi legionerlardek cheklov (Osiyolik futbolchi sifatida qo‘shimcha legioner OChLda ishtirok etishi mumkin - Tribuna izohi). Ertami, kechmi sizga ham shunday taklif bo‘lishi ehtimoli bor. Bunga qanday munosabat bildirishingiz mumkin?
— Hozirgacha men «Lokomotiv» futbolchisi sifatida to‘p surdim, bu davrda [matbuot] meni qanchadan-qancha klublarga «jo‘natishdi». Bu mavzuni muhokama qilish uchun, qandaydir aniq taklif bo‘lishi kerak yoki qandaydir jamoa qiziqish bildirilgan bo‘lishi lozim. Osmondan olib gapirishdan esa ma'no ko‘rmayapman. O‘ylashimcha, qandaydir klubdan qiziqish bo‘lsa, OAV buni hattoki mendan ham oldin eshitgan bo‘lardi, deya gapirib o‘tgan Denisov.
Mavzuga oid
11:56 / 20.12.2021
«Endi mening birinchi muxlisim yo‘q». Odil Ahmedov faoliyatini yakunlagani sababi va endi nima ish qilishini aytdi
23:05 / 18.12.2021
«Odil – Birodar Abduraimov, Mirjalol Qosimov kabi o‘zbek futboli tarixidan joy oldi». Abdusalom Azizov Ahmedovga «oltin butsa» topshirdi
19:24 / 18.12.2021
«Paxtakor» 25-raqamli libosini Odil Ahmedovga abadiy topshirdi
19:01 / 18.12.2021