AQShda 250 million dollarlik villa sotuvga qo‘yildi

Amerikalik ishbilarmon Bryus Makovski Los-Anjyeles shahrida villa qurib, uni rekord miqdordagi mablag‘ evaziga sotuvga qo‘ydi. 38 ming kvadrat fut (3,5 ming kvadrat metr) maydonga teng hashamatli uy uchun 250 million AQSh dollari so‘ralmoqda, deb yozmoqda Amerika OAV. Forbes va New York Post nashrlari bu villani AQSh tarixidagi eng qimmat ko‘chmas mulk deb atadi.
Yangi uy Los-Anjyelesning Bel-Eyr nufuzli tumanida joylashgan bo‘lib, ikkita uy egalarining yotoqxonasi, mehmonlarga mo‘ljallangan 9ta yotoqxona, ochiq va yopiq kinoteatr, to‘rt yo‘lakli bouling-xolldan tashkil topgan. Shuningdek, uy tarkibiga kiruvchi 17 ming kvadrat fut yer maydoni ham bor. U yerda dam olish zonalari, fitnes-markaz, barbekyu va 25 metrga teng sun'iy hovuz joylashgan. To‘rt qavatli hashamatli uydan Los-Anjyeles va Tinch okeanining ajoyib manzaralarini ko‘rish mumkin.
Tavsiya etamiz
Qimmatga tushgan liposaksiya: blogerni kimlar operatsiya qildi?
Jamiyat | 19:22 / 04.04.2025
NYT Germaniyadagi «urush ofisi» haqida surishtiruv e’lon qildi
Jahon | 15:18 / 04.04.2025
Minbardagi 25 soat: senator Buker nega bunday qildi?
Jahon | 22:47 / 03.04.2025
O‘zbekistonning 9 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 22:24 / 03.04.2025
Mavzuga oid

18:27 / 14.02.2025
Yong‘indan jabr ko‘rgan Los-Anjyelesni suv bosdi

19:29 / 23.01.2025
Los-Anjyeles yaqinida yangi yong‘in boshlandi. O‘n minglab mahalliy aholi evakuatsiya qilindi

22:24 / 18.01.2025
Ilon Mask Los-Anjyeles merini iste’foga chiqishga chaqirdi

20:58 / 16.01.2025