Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Amazon oziq-ovqat mahsulotlarini mustaqil xarid qiladigan muzlatgich ishlab chiqaradi
Internet orqali tovar va xizmatlar sotish aylanmasi bo‘yicha dunyodagi eng yirik kompaniyalardan biri hisoblangan Amazon har yili xaridlarni yengillashtiruvchi yangiliklari bilan kishilarni hayratga soladi. The verge nashrida shu mavzuda so‘z yuritildi.
Avval u yoki bu tovarni sotib olish imkonini beruvchi simsiz tugmalar, internet-do‘konlarda xarid qilingan mahsulotlarni yetkazib beruvchi dronlar va hisobchilar, sotuvchilar hamda navbatlarsiz ishlaydigan oziq-ovqat do‘konlari bo‘lgan bo‘lsa, keyingi qadam - egasining xaridlari, uning talablari va ehtiyojlarini tahlil qila oladigan, bundan kelib chiqib kerakli mahsulotlar ro‘yxatini mustaqil tuzadigan va zamonaviy dasturiy ta'minot hamda internet orqali o‘z vaqtida do‘konlarga buyurtma bera oladigan aqlli muzlatgich bo‘lishi kutilmoqda.
Kompaniya vakillarining so‘zlariga ko‘ra, mahsulotlarning bunday tizim orqali yetkazib berilishi bir soatdan ortiq vaqt olmaydi. Boz ustiga "Aleks" intellektual yordamchisi haqida unutmaslik kerak - u foydalanuvchining gastronomik so‘rovlarini tinglaydi va buyurtmani "sehrli tayoq" usulida ijro etadi. Aftidan bunday muzlatgichning oldida gaplarni ham o‘ylab gapirish kerak bo‘ladi, chunki u har qanday buyruqni so‘zsiz bajarishga tayyor.
Bir kishining moliyaviy imkoniyatlari har doim ham birdek bo‘lmasligi mumkin. Biroq "aqlli" muzlatgich shunisi uchun ham aqlliki, u egasining joriy vaqtdagi moddiy ahvoli va boshqa hayotiy omillarini inobatga olishni o‘rganadi. Shuni ta'kidlash joizki, internet-gigant muzlatgichlarni ishlab chiqarish bilan bir o‘zi mustaqil shug‘ullanmaydi, buning uchun Amazon jahonga mashhur Samsung va LG kompaniyalari bilan hamkorlik munosabatlarini rasmiylashtirmoqda.
Mavzuga oid
21:23 / 12.05.2025
Amazon 20 yil ichida kompaniya logotipini birinchi marta o‘zgartirdi
20:44 / 07.05.2025
8 yoshli bola onasining telefonidan 70 ming dona konfet buyurtma qildi
13:24 / 30.04.2025
Oq uy Amazon'ning boj miqdorlarini oshkor etish rejalarini tanqid qildi
07:50 / 29.04.2025