Sport | 23:36 / 19.01.2017
15336
1 daqiqa o‘qiladi

«Manchester Siti» uzoq kutilgan transferni rasman tasdiqladi

Braziliyalik yosh hujumchi Gabriel Jyezus bugun 19 yanvar kuni «Manchester Siti» futbolchisi sifatida rasman tanishtirildi. Bu haqda «shaharliklar» rasmiy sayti xabar tarqatdi.

Mankunianliklar 19 yoshli futbolchining sobiq jamoasi «Palmeyras» bilan yozdayoq kelishuvga erishgandi, biroq tomonlarning o‘zaro shartiga ko‘ra, futbolchi mavsum oxiriga qadar Braziliyada qoldi va klubi bilan mamlakat chempionligini qo‘lga kiritgandi.

Futbolchining hujjatlarini rasmiylashtirish Angliyadagi mehnat qilish vizasi bilan bog‘liq qiyinchiliklar sabab biroz cho‘zildi va nihoyat bu muammo ham ortda qoldi.

Futbolchi hafta boshidan buyon klub mashg‘ulotlarida ishtirok etishni boshlagandi. Endi u «Siti» tarkibida 21 yanvar kuni «Tottenhem»ga qarshi uchrashuvda debyut qilishi mumkin bo‘ladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid