Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Manchester Siti» 13 yoshli futbolchi uchun rekord darajada pul to‘ladi
Angliyaning darajasi bo‘yicha uchinchi divizioni vakili «Sautend» klubi himoyachisi Finli Byorns «Manchester Siti» akademiyasiga kelib qo‘shilishga yaqin turibdi.
Daily Mail nashri bergan xabarga ko‘ra, klub 13 yoshli o‘spirinni Manchesterga qo‘yib yuborishi orqali 175 ming funt sterlingni qo‘lga kiritadi. Bu shu yoshgacha bo‘lgan futbolchilar uchun to‘langan rekord summa bo‘ladi.
«Sautend» (U-16) jamoasi sharafini himoya qiladigan futbolchi keyinchalik professional futbolda muvaffaqiyat qozongan taqdirda bonuslar bilan hozirgi klubi uchun jami bo‘lib 250 ming funtga boyitishi mumkin.
Ma'lumot uchun, Byornsga Angliyaning «Liverpul», «Chelsi» va «Arsenal» klublari ham da'vogarlik qilishgandi.
Mavzuga oid
16:32 / 22.02.2025
«Manchester Siti» «Liverpul»ga qarshi, «Chelsi» va «Bavariya»da ham jiddiy sinov. Hafta o‘yinlari anonsi
13:39 / 16.02.2025
Pepdan maqtov, Holandni ortda qoldirdi va g‘alabali seriya – Husanov «Siti»dagi ilk 90 daqiqani qanday o‘tkazdi?
11:47 / 16.02.2025
«Siti»da yirik g‘alaba, «Real» o‘yinida mojaro. Kun o‘yinlari
20:44 / 08.02.2025