Turkiya Vashington terrorchilarni qo‘llab-quvvatlashni bas qilishi kerakligini aytdi
Turkiya bosh vaziri Binali Yildirim AQSh prezidenti lavozimida Donald Trampga muvaffaqiyat tilab qoldi.
"Biz Trampga muvaffaqiyatlar tilaymiz. AQSh va Turkiya hamkorligi chuqur tarixiy ildizlarga ega", deb aytdi Yildirim.
Yildirimning aytishicha, Turkiya va AQShning hamkorligiga NATO doirasida asos solingan.
"Afsuski, o‘z paytida ikki tomonlama munosabatlarning sovuqlashishiga olib kelgan xatolarga yo‘l qo‘yilgan. Tramp ma'muriyati barcha muammolarni bartaraf etadi, deb umid qilamiz", deb aytdi Turkiya bosh vaziri.
"Umid qilamizki, Vashington Suriya va Iroqda IShID bilan kurash ko‘rinishida terrorchilik guruhlariga ko‘mak berishni bas qiladi. AQSh shuningdek Fathulla Gulenning ekstraditsiyasi bo‘yicha o‘z qarashini qayta ko‘rib chiqishi kerak", deb aytdi Yildirim.
Yildirimning ta'kidlashicha, Anqara AQShning yangi ma'muriyati turk jamiyatining amerikaliklarga salbiy munosabatini o‘zgartirish uchun barcha imkoni bor ishni qilishiga umid qiladi.
Mavzuga oid
20:58
Baydenning ruxsati urushning borishiga qanday ta’sir qiladi?
18:44
Ukraina ATACMS raketalari bilan Rossiya hududiga birinchi zarbani berdi
16:15
Putin Rossiyaning yangilangan yadroviy doktrinasini tasdiqladi
21:54 / 18.11.2024