Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Irkutsklik ayol 20 gradus sovuqda tramvay vagonlarini surib rekord o‘rnatdi
Pauerlifting bo‘yicha sport ustasi, kuch ko‘pkurashi bo‘yicha Butunrossiya musobaqalarining ko‘p karra g‘olibasi Oksana Kosheleva 20 gradus sovuqda ikkita tramvay vagonini joyidan siljitib, bir necha metr relslar bo‘ylab torta oldi, deb xabar bermoqda RIA Novosti axborot agentligi muxbiri.
Avvalroq "Qoya" laqabli Kosheleva 17 tonnalik tramvay vagonini, so‘ngra 16 tonnalik KamAZni va 8,5 tonnalik Mi-8 vertolyotini joyidan siljita olgandi. 2016 yil iyulda u yana bir sportchi Anastasiya Moskaleva bilan 64 tonnalik Kalmar Global yuk kemasini bir necha metrga torta olgandi.
Biroq bu galgi yuk – ikkita tramvay vagoni 42 tonnaga yaqin kelgan. Bahodir ayol ularni olqishlar ostida bir necha metr sura olgan. Rekordchi ayol dunyoda birinchi bo‘lib bunday keskin iqlim sharoitlari – 20 gradus sovuqda buni qila oldi. Sportchining jurnalistlarga aytishicha, u samolyot yoki okean laynerini joyidan qo‘zg‘atishni orzu qilmoqda.
"Odatda biz tramvay deposida mashq qilamiz. Bizdan ko‘pincha "shu sizlarga nima uchun kerak?" deb so‘rashadi. Shunchaki menda maqsad bor – men jahon rekordi o‘rnatib, Ginness rekordlar kitobiga qirmoqchiman", deb aytmoqda Oksana.
Sportchi samolyotni joyidan qanday siljitish borasida tasavvurga ega, biroq paroxodlarni siljitish bilan endi tanishishiga to‘g‘ri keladi.
Mavzuga oid
16:50 / 04.12.2017
O‘zbekistonlik sportchi pauerlifting bo‘yicha jahon chempionatida 3-o‘rinni egalladi
20:54 / 29.10.2017
Rossiyalik og‘ir atletikachi 440 kilogrammlik shtangani ko‘tarib, jahon rekordi o‘rnatdi
12:10 / 20.08.2017
Xabarovskda pauerlifting bo‘yicha jahon va Yevropa chempioni o‘ldirildi
08:23 / 20.03.2017