Sport | 11:03 / 23.01.2017
7359
1 daqiqa o‘qiladi

Denis Istomin ishtirokidagi 1/8 final Sport telekanali orqali jonli efirda namoyish etiladi

Avstraliyaning Melburn shahrida davom etayotgan «Ulkan toj» turkumiga kiruvchi Australian open musobaqasining 1/8 finalida o‘zbekistonlik Denis Istomin bolgarliyalik, dunyoning 15-tartib raqami ostidagi tennischisi Grigor Dimitrovga qarshi kortga chiqadi.

Sport telekanalidagi manbaning Tribuna‘ga ma'lum qilishicha, mazkur uchrashuv telekanal orqali jonli efirda namoyish etiladi. Efir 11:00dan boshlanishi aytib o‘tilgan.

Eslatib o‘tamiz, Denis Istomin o‘zi uchun eng yaxshi natija bo‘lgan bosqichga yetib kelishda turnirning olti karra g‘olibi Novak Jokovich va 30-tartib raqamdagi Bustalarni mag‘lubiyatga uchratib yetib kelgan.

Azamat Murodov
Tayyorlagan Azamat Murodov
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid