Qirg‘iziston prezidenti jamoat joylarida so‘kinishni taqiqlovchi qonunga imzo chekdi
Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev “Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi” Kodeks tuzatishlariga imzo chekdi, deb xabar beradi davlat rahbari devoni axborot siyosati bo‘limi.
Eslatib o‘tamiz, jamoat joylarida so‘kinganlik, fuqarolarga tegajog‘lik qilish va boshqa jamoat tartibini buzuvchi shu kabi harakatlar eng kam ish haqining 15 baravari miqdorida jarimaga tortilishi orqali 8 soatlik jamoat ishlariga jalb etish yoki 5 sutkalik ma'muriy qamoq bilan jazolanadi.
Voyaga yetmagan shaxslar tomonidan amalga oshirilgan mayda bezorilik uning ota-onasiga eng kam ish haqining 10 baravari miqdorida jarima solinishiga olib keladi.
Ish joyida, korxona, tashkilot, muassasa hududlarida spirtli ichimliklar iste'mol qilish yoki ish vaqtida mast holda yurish eng kam oylik ish haqining 10 baravari miqdoridagi jarima solinishiga sabab bo‘ladi.
Ko‘chalar, stadionlar, maydonlar, ko‘p qavatli uylar hovlisida, barcha turdagi jamoat transporti va boshqa jamoat joylarida giyohvand yoki psixotron moddalarni, spirtli ichimliklarni iste'mol qilish yoki bunday joylarda mast holda paydo bo‘lish 8 soatlik jamoat ishlariga jalb etilgan holda eng kam oylik ish haqining 10 baravari miqdoridagi jarimaga tortilinishiga olib keladi.
Ma'muriy javobgarlik chorasi ko‘rilgandan so‘ng, bir yil davomida xuddi shu harakatlarni takroran amalga oshirish eng kam oylik ish haqining 10 baravaridan 20 baravarigacha jarima va 8 soatlik jamoat ishlariga jalb etishga olib keladi.
Agarda ko‘rsatilgan harakatlar bir yil davomida ikki bor giyohvand va psixotrop moddalarni, shuningdek, spirtli ichimliklarni iste'mol qilish uchun ma'muriy javobgarlikka tortilgan shaxs tomonidan amalga oshirilsa, eng kam oylik ish haqining 20 baravaridan 30 baravarigacha jarima va 8 soatlik jamoat ishlariga jalb etishga sabab bo‘ladi.
Jamoat joylarida voyaga yetmaganlarning mast holda paydo bo‘lishi, shuningdek, ular tomonidan giyohvand yoki psixotrop moddalar yoxud spirtli ichimliklarning iste'moli ular ota-onasiga eng kam oylik ish haqining 10 baravaridan 20 baravarigacha jarima solinishiga sabab bo‘ladi.
Voyaga yetmagan shaxslarni tilanchilikka jalb etish, spirtli ichimliklar, giyohvand yoki psixotrop bo‘lmagan, ammo intellektual faoliyatga ta'sir o‘tkazuvchi moddalarni iste'mol qilish 8 soatlik jamoat ishlariga jalb etish hamda eng kam oylik ish haqining 50 baravaridan 100 baravarigacha jarimaga sabab bo‘ladi.
Ushbu tuzatishlar uchun 111 nafar deputat ovoz berdi. Qonun rasman e'lon qilingandan o‘n kun o‘tib kuchga kiradi.
Mavzuga oid
17:30 / 14.11.2024
Qirg‘iziston Issiqko‘lni saqlab qolish uchun qo‘shnilarga kamroq suv berishi mumkin
22:01 / 12.11.2024
Qirg‘izistonda hokimiyatni egallashga tayyorgarlik ko‘rgan yetti kishi qo‘lga olindi
16:44 / 11.11.2024
Saudiya taraqqiyot jamg‘armasi Qirg‘izistonda 38 ta maktab qurib beradi
17:21 / 06.11.2024