Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ostona konferensiyasida Suriyaning 15ga yaqin muxolif guruhi qatnashadi
Qozog‘iston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Roman Vasilenkoning bayonot berishicha, Suriya muammosiga bag‘ishlangan Ostona muzokaralarida Suriyaning 15ga yaqin muxolif guruhi vakillari ishtirok etadi. Bu haqda RIA Novosti xabar qilmoqda.
Shu bilan birga, vazir o‘rinbosarining qayd etishicha, ushbu delegatsiyalarning rahbari yo‘q.
«Biror kishiga Suriya muxolifatini namoyon etish bo‘yicha vakolatlar taqdim etilmagan», — degan Vasilenko.
Bundan tashqari, vazir o‘rinbosarining qo‘shimcha qilishicha, hozircha, Suriya hukumati va qurollangan muxolifat o‘rtasidagi muzokaralar bevosita bo‘lishi ham aniq emas.
«Bu masala muhokama qilinmoqda. Bu muzokaralar boshlanishiga kelib oydin bo‘ladi», — degan diplomat.
Mavzuga oid
14:56 / 26.05.2025
Suriya rasmiylari: Asad davrida 8 mln kishi kuzatuv ostida bo‘lgan
16:19 / 24.05.2025
AQSh Moliya vazirligi Suriyaga qarshi sanksiyalar yumshatilganini e’lon qildi
15:40 / 22.05.2025
Suriya Isroil bilan murosa qiladimi?
23:00 / 20.05.2025