Toshkent shahri yo‘llarida eng ko‘p uchrayotgan qoidabuzarliklarga oydinlik kiritildi
Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasida “Yo‘l harakati xavfsizligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunining ijrosini nazorat-tahlil tartibida o‘rganib chiqish natijalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi tomonidan tashkil etilgan tadbirda parlament quyi palatasi deputatlari, qo‘mita a'zolari, ichki ishlar idoralari xodimlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Yo‘l harakati xavfsizligini ta'minlash borasida kompleks ijtimoiy, huquqiy va tashkiliy chora-tadbirlar amalga oshirilishini nazarda tutuvchi tizim shakllantirilgan bo‘lib, ushbu tizimning muhim tarkibiy qismi sifatida yo‘l harakati xavfsizligini ta'minlash uchun zarur tashkiliy-huquqiy asoslar yaratilgan. “Yo‘l harakati xavfsizligi to‘g‘risida”gi qonun ushbu sohani takomillashtirishda muhim asos bo‘lmoqda. Shu bilan birga, yaqinda qabul qilingan “Ichki ishlar organlari to‘g‘risida”gi qonun Ichki ishlar vazirligi va uning tarkibiy tuzilmalari, jumladan, Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati faoliyatini yanada mustahkamlash borasida olib borilayotgan islohotlarni izchil davom ettirishda huquqiy asos bo‘lib xizmat qilmoqda.
O‘rganish jarayoni keng jamoatchilik fikri, ular bilan amalga oshirilgan bevosita muloqotlar orqali o‘tkazildi. Bu borada aholini keng qamrab olish maqsadida internet tarmog‘i imkoniyatlaridan ham foydalanildi. Jumladan, Facebook ijtimoiy tarmog‘ida ijtimoiy so‘rov o‘tkazildi.
Transport vositalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish, yo‘l xarakati qoidalari buzilishining oldini olish, qoidabuzarlarga nisbatan tegishli jazo choralarini qo‘llash bo‘yicha tizimli ishlar yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, bu borada bir qator ijobiy natijalarga erishilgan.
Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, o‘rganish jarayonida haydovchi va piyodalar hamda ichki ishlar organlari tomonidan qonun talablari buzilish holatlari aniqlangan. Oxirgi paytlarda haydovchilar tomonidan belgilangan tezlikni oshirish, mast holda avtotransport vositasini boshqarish, belgilanmagan joylardan piyodalarning o‘tishi bilan bog‘liq bo‘lgan qoidabuzarliklar ko‘p kuzatilmoqda.
Yig‘ilishda mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilab olindi.
Mavzuga oid
16:28 / 20.11.2023
50 marta kamera va radarlarga tushgan qoidabuzar jarima bayonnomalarini kolleksiya qilmoqda
19:45 / 23.10.2023
Fuqaro «yemagan somsasi»ga pul to‘ladi: u topshirgan avtoraqamda turli mashinalarda qoidabuzarliklar sodir etilgan
22:56 / 12.09.2023
Avtomobil egasi kamera tomonidan qayd etilgan barcha qoidabuzarlik uchun javobgar bo‘lmaydi - qonun loyihasi
07:32 / 16.08.2023