Fan-texnika | 13:44 / 24.01.2017
2507
1 daqiqa o‘qiladi

Volkswagen "dizel mojarosi" tufayli 652 dilerga 1,2 milliard dollar to‘lab beradi

Foto: Fotolia

AQSh okrug sudyasi Charlz Breyyer Volkswagen avtokonserni tomonidan dilerlarga 1,2 milliard dollar mablag‘ to‘lab berishi haqidagi kelishuvni tasdiqladi. Bu pullar “dizel mojarosi” bilan bog‘liq sarf-xarajatlarni qoplashga yo‘naltiriladi, deb xabar berdi Reyter.

652 dilerning har biri 18 oy davomida 1,85 million dollar oladi.

AQShda Volkswagen kompaniyasini dizelli avtomobillarni atfosferaga chiqariluvchi zararli moddalar miqdorini atayin pasaytirib ko‘rsatuvchi dasturiy ta'minot bilan jihozlaganlikda ayblashmoqda. Amerika hukumati konsernga mamlakatda 2009-2015 yillarda sotilgan 482 ming Volkswagen va Audi yengil mashinalarini qaytarib olish majburiyatini yukladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid