Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Isroil Falastin hududlarida yangi uylar qurishni ma'qulladi
Isroil hukumati Iordan daryosining G‘arbiy sohilidagi yahudiy qishloqlarida 2,5 mingta uy qurilishini ma'qulladi, deb xabar bermoqda Jerusalem Post nashri.
"Biz Iudeya va Samariyada normal hayotni yo‘lga qo‘ymoqdamiz", deb aytdi Isroil mudofaa vaziri Avigdor Liberman.
O‘z navbatida Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Isroil "qurishni davom ettirishini" qo‘shimcha qildi.
2016 yil 23 dekabrda BMT Xavfsizlik kengashi Isroilga Falastin hududlarida uylar qurishni taqiqlash talab qilingan rezolyutsiyani qabul qilgandi.
Bunga javoban Isroil BMT byudjyetiga kiritadigan badallarini 6 mln dollarga qisqartirgan.
Mavzuga oid
13:59 / 28.05.2025
Germaniya rasmiylari Isroilning G‘azodagi harakatlarini tanqid qildi
11:33 / 27.05.2025
Uitkoff: Hamas Isroil bilan sulh bo‘yicha kelishuvni rad etdi
20:40 / 26.05.2025
Uitkoff HAMAS o‘t ochishni to‘xtatishga tayyor degan da’volarni rad etdi
19:43 / 26.05.2025