Sport | 09:05 / 25.01.2017
7460
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston terma jamoasi fevralda ikkita uchrashuv o‘tkazadi

O‘zbekiston terma jamoasi fevral oyida Turkiyada o‘tkazadigan o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini doirasida ikkita uchrashuv o‘tkazadi. Bu haqda terma jamoa bosh murabbiyi Samvel Babayan ma'lumot bergan, yozmoqda Tribuna.uz sayti.

«Turkiyadagi yig‘inda ikkita nazorat o‘yini o‘tkazishni rejalashtirganmiz. 12 fevral kuni Rossiya Premer-ligasi klublaridan biriga qarshi o‘yin o‘tkazamiz. Yana bir nazorat o‘yini borasida tashkilotchilar muzokaralar olib bormoqda», – deya Babayaning so‘zlarini keltiradi O‘FF rasmiy sayti.

Eslatib o‘tamiz, JCh–2018 saralash bosqichiga tayyorgarlik ko‘rayotgan O‘zbekiston terma jamoasi yanvar oyida Daniya (U-23) (1:2) va Gruziya terma jamoalariga qarshi (2:2) nazorat uchrashuvlarida maydonga tushgandi.

Azamat Murodov
Tayyorlagan Azamat Murodov
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid