Jahon | 10:15 / 26.01.2017
9799
2 daqiqa o‘qiladi

Finlar daraxtlarni skaner qilish usulini yaratishdi

Yerda tanish va mutaxassislar tomonidan tasniflashtirilgan ko‘plab daraxt turlari o‘sadi, biroq oddiy odamlarga u yoki bu daraxtlar qanday turga taalluqli ekanligi har doim ham ayon emas. Ulardan ba'zilari Qizil kitobga kiritilgan va ularni chopish taqiqlangan bo‘lishi mumkin. Misol uchun, qoraqarag‘ayning o‘zi 40 turga ega. Noyob daraxtlarni chopish xavfini minimal darajaga keltirish uchun Finlyandiya tabiiy zaxiralar instituti mutaxassislari lazer skanerlash asosidagi usulni yaratishdi. Bu usul 95 foiz aniqlik bilan o‘rganilayotgan daraxtni aniqlay oladi.

Lazer skanerlash tizimi daraxtning batafsil nuqtali pofilini yaratadi va uni smartfonga qayta ishlash uchun jo‘natadi. Olingan ma'lumotlar asosida dastur daraxtning 3D-modelini yaratadi va uni ma'lumotlar bazasidagi daraxt turi bo‘yicha tasniflaydi. Daraxtning tanilishi 15 ta mezon, jumladan, daraxt tanasi va diametri, shoxlarining soni va ularning joylashish burchagi bo‘yicha amalga oshiriladi.

Texnologiya Finlyandiyada ko‘p uchrovchi daraxtlar: qarag‘ay, qoraqarag‘ay va oq qayinda muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazildi. Olimlar ma'lumotlar bazasini va tizim imkoniyatlarini kengaytirishni rejalashtirishmoqda.

 

Mavzuga oid