Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston Ukrainaga 7 million dollarlik mahsulotlarni eksport qiladi
O‘zbekiston va Ukraina umumiy qiymati 7,05 million AQSh dollari bo‘lgan o‘zbek mahsulotlari eksportiga shartnomalar imzoladi.
“Jahon” axborot agentligi ma'lumotiga ko‘ra, O‘zbekistonning Kiyevdagi elchixonasida O‘zbekiston va Ukraina ishchi doiralari vakillari o‘rtasidagi kelishuvlarga imzo chekish marosimi bo‘lib o‘tgan.
Tashrif davomida «O‘zsanoateksport» AJ va «O‘ztadbirkoreksport» AJ vakillari O‘zbekiston ishlab chiqaruvchilari mahsulotini Ukrainaga eksport qilish bo‘yicha shartnomalar imzoladi.
Ma'lum bo‘lishicha, shartnomalar 30 ming tonna ammiakli selitra va 30 ming tonna karbamid eksportiga imzolangan.
O‘zbek tomoni Ukraina hududida O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan mineral o‘g‘itlar, tekstil mahsulotlari va xalq iste'moli tovarlarini tizimli ravishda yetkazib berishni ta'minlash maqsadida savdo uylarini tashkil etish haqida qaror qabul qildi. Kutilishicha, savdo uylari 2017 yilning fevralidan o‘z faoliyatini yurita boshlaydi.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi
20:37 / 27.05.2025
Kellog: Rossiya va Ukrainaning urushdagi yo‘qotishlari 1 million kishidan oshdi
20:17 / 27.05.2025