Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
GM va Honda birgalikda vodorodda yuruvchi avtomobil yaratishadi
General Motors kompaniyasining global mahsulotlarni yaratish bo‘yicha ijrochi vitse-prezidenti Mark Reuss va Honda yapon aviakompaniyasining Shimoliy Amerika mintaqasi bo‘yicha operatsion direktori Toshiaki Mikoshiba "ilg‘or texnologiyalarga taalluqli muhim e'lon"ni ma'lum qilishni mo‘ljallab qo‘yishgan. Hozircha tafsilotlar oshkor etilmagan. Honda va GM 2013 yildayoq yonilg‘i yacheykalaridagi tizimning keyingi avlodi va vodorodni saqlash texnologiyalarini yaratish bo‘yicha alyans tashkil etishgandi.
Yonilg‘i yacheykalaridan quvvatlanuvchi modellar avtomobilsozlarga issiqhona gazlarining chiqarilishini kamaytirishga qaratilgan federal va davlat dasturlari hisobiga mablag‘ keltiradi.
GM avtomobillar uchun vodorod negizidagi yonilg‘ini yaratish ustida 50 yildan ko‘proq vaqt davomida ish olib boradi. Vodorodda yuruvchi sinov prototipi – modernizatsiyalashgan Chevrolet Corvair o‘tgan asrning 60-yillarida chiqqan.
Honda esa o‘z tomonidan, o‘tgan yil dekabridan vodorod yonilg‘i yacheykalarida ishlovchi Clarity modelini Kaliforniyada taqdim qila boshladi.
Oktyabrda Chevrolet kompaniyasi dvigateli vodorod yonilg‘i yacheykalarida ishlovchi kontseptual armiya yo‘ltanlamasini namoyish qilgandi.
Mavzuga oid
19:09 / 21.04.2025
Airbus vodorodda uchadigan «yashil» samolyotini taqdim etishni kechiktirdi
20:00 / 13.04.2025
Xitoy uzluksiz 30 soatgacha parvoz qilishga qodir dronni taqdim etdi
20:05 / 20.01.2025
Honda 300 mingga yaqin avtomobilini chaqirib oladi
21:24 / 08.01.2025