Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Merkel GFR hukmron koalitsiyasidan yagona nomzod bo‘ladi
Germaniya Federativ Respublikasi kansleri Angela Merkel bo‘lg‘usi saylovlarda kanslerlik lavozimiga hukmron koalitsiya nomidan umumiy nomzod bo‘ladi. Merkel Germaniya «Nasroniy-demokratik ittifoqi» rahbari hisoblanadi. Bu haqda, Bavariya bosh vaziri Xorst Zeyexofer Bild am Sonntag nashriga bergan intervyusida ma'lum qildi. Zeyexofer hukmron koalitsiya tarkibiga kiruvchi «Nasroniy-sotsial ittifoqi» rahbaridir.
Uning so‘zlariga kiruvchi NSI federal saylov kampaniyasida o‘z nomzodini ilgari surmaydi.
«NDI yetakchisi kansler Angela Merkel NDI va NSIdan yagona nomzod bo‘ladi», — degan Zeyexofer.
Bundan avvalroq, NSI Germaniya tashqi ishlar vaziri Frank Valter Shtaynmayyerning Germaniya federal prezidentligiga nomzodini qo‘llab-quvvatlagan edi.
Mavzuga oid
13:59 / 28.05.2025
Germaniya rasmiylari Isroilning G‘azodagi harakatlarini tanqid qildi
11:22 / 28.05.2025
Germaniyadagi qochqinlar soni 3,5 million kishiga yetdi
12:20 / 27.05.2025
Germaniya kansleri Isroilning G‘azodagi harakatlarini tanqid qildi
23:34 / 26.05.2025