O‘zbekiston | 10:21 / 30.01.2017
77330
2 daqiqa o‘qiladi

Sog‘inilgan ovoz: Islom Karimov haqida hujjatli film

29 yanvar kuni soat 19.00da "Mening yurtim" telekanalida O‘zbekistonning Birinchi prezidenti Islom Karimov haqida hujjatli film namoyish etildi.

"Mustaqil O‘zbekiston asoschisi" hujjatli film YouTube portaliga joylashtirildi.

Bu film O‘zbekistonning eng og‘ir va murakkab burilish davrida unga yetakchilik qilishni zimmasiga olgan inson, mard va oqil siyosatchi — Islom Karimov haqida.

Filmda Islom Karimovning hayoti, buyuk madaniyat va tarixga ega bo‘lgan xalqni hurlikka yetaklagan davrlari, mamlakat tinchligi va osoyishtaligi yo‘lida amalga oshirgan ishlari, O‘zbekistonni uzoq yillik istibdoddan keyin mustaqil va o‘zini tiklab olgan davlatga aylantirish yo‘lidagi qadamlari aks ettirilgan. Bu filmda o‘zbekistonliklar birinchi prezidentning sog‘inilgan ovozini, uning xalqqa, o‘z ta'biri bilan aytganda, "farzandlari"ga murojaatlarini yana tinglaydi, ko‘zlar yoshlanadi...

Film mustaqil davlatning 25 yillik tarixidagi asosiy voqealarni qamrab olgan. Filmda bir-biridan ta'sirli lavhalar o‘rin olganki, bu lavhalar uchun uni yana takror tomosha qilish mumkin.

Bu film uchun "Mening yurtim" telekanali ijodkorlariga minnatdorchilik bildirgan holda qo‘shimcha qilib aytish mumkinki, Islom Karimovdek murakkab shaxs haqida yanada zalvorli film olish ham mumkin va O‘zbekiston xalqi bunday tashabbusni kutib qoladi.

Mavzuga oid