Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Starbucks 10 ming qochqinni ish bilan ta'minlashga va'da berdi
Starbucks qahvaxonalar tarmog‘i o‘z biznesini yuritayotgan 75 mamlakatdagi 10 ming qochqinni ishga olishni rejalashtirmoqda. Bu haqida kompaniya bosh direktori Hovard Shults xabar berdi.
"Dunyoning 65 milliondan ortiq fuqarolari BMT qochqinlari deya tan olingan va biz besh yil davomida ularning 10 ming nafarini ishga qabul qilish rejalarini ishlab chiqmoqdamiz", - dedi u. Uning so‘zlariga ko‘ra, kompaniya eng avvalo AQShdagi qochqinlarni ish bilan ta'minlashga diqqatini qaratadi. Starbucks Amerika armiyasida tarjimon va xizmat ko‘rsatuvchi personal sifatida ishlagan kishilarni ishga qabul qiladi, deya aniqlik kiritdi Shults.
Top-menejyer shuningdek Meksikadagi biznesni ham "devor emas, ko‘prik qurib" rivojlantirishda davom etishga va'da berdi.
O‘tgan haftada AQSh prezidenti Donald Tramp Meksika chegarasida devor qurilishi rejalashtirilayotgani haqida ma'lum qildi. U bu qarorni migrantlarning AQShga noqonuniy kirishini oldini olishga qaratilgani bilan izohladi. Bundan tashqari, Tramp Iroq, Eron, Yaman, Liviya, Suriya, Somali va Sudan fuqarolarining AQShga kirishini vaqtinchalik taqiqlovchi, shuningdek qochqinlarni qabul qilishni to‘xtatish to‘g‘risidagi hujjatni imzoladi.
Mavzuga oid
11:22 / 28.05.2025
Germaniyadagi qochqinlar soni 3,5 million kishiga yetdi
21:49 / 21.05.2025
Sun’iy intellekt dunyodagi har to‘rtinchi ish o‘rniga ta’sir ko‘rsatmoqda - BMT
13:12 / 14.05.2025
Dunyoda o‘z davlati ichida ko‘chishga majbur bo‘lganlar soni 83 mlndan oshdi
20:40 / 30.04.2025