Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Netanyaxu Eronni BMT rezolyutsiyasini buzishda aybladi
Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Eron hukumatini BMT Xavfsizlik kengashi rezolyutsiyasini "qasddan buzish"da aybladi. Isroil bosh vaziri Tehronning o‘rta masofalarga ucha oladigan raketa sinovlarini o‘tkazganiga shunday baho berdi. BMT XK rezolyutsiyasiga ko‘ra, Eron ballistik raketalar sinovini o‘tkazishi mumkin emas. Rasmiy Tehron bunga javoban, yadro kallaklariga ega emasligini aytadi.
Netanyaxuning bayonot berishicha, u AQSh prezidenti Donald Tramp bilan fevral oyida o‘tkazajak uchrashuvida Eronga nisbatan sanksiyalarni tiklash imkoniyatlarini muhokama qiladi. "Eron agressiyasi javobsiz qolmasligi kerak", - degan Isroil hukumati rahbari.
Avvalroq, qator OAV Pentagon vakiliga tayangan holda xabar berishicha, 29 yanvar kuni Eron o‘rta masofaga ucha oladigan raketani sinovdan o‘tkazgan. U Tehrondan 225 km sharqdagi poligondan havoga ko‘tarilgan.
AQSh ma'muriyatidagi manbalarning jurnalistlarga ma'lum qilishicha, sinov muvaffaqiyatli bo‘lmagan, raketa nishonga yetmasdan qulab tushgan.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
13:59 / 28.05.2025
Germaniya rasmiylari Isroilning G‘azodagi harakatlarini tanqid qildi
11:33 / 27.05.2025
Uitkoff: Hamas Isroil bilan sulh bo‘yicha kelishuvni rad etdi
20:40 / 26.05.2025