Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Poroshenko Ukraina sharqidagi vaziyat tufayli Germaniyaga safarini qisqartirdi
Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko mamlakat sharqidagi Avdeyevka aholi punktidagi vaziyat jiddiylashgani munosabati bilan Germaniyaga safarini muddatidan avval yakunladi. U Ukraina hukumatining faoliyatini muvofiqlashtirish va gumanitar fojiaga yo‘l qo‘ymaslik uchun mamlakatga qaytgan. Bu haqda Ukraina prezidenti ma'muriyati rahbari o‘rinbosari Konstantin Yeliseyev "5 kanal" telekanaliga bergan intervyusida ma'lum qilgan.
Avvalroq, DXR vakili Donbassda vaziyat keskinlashganini aytgan, 10dan ortiq ukrain harbiy xizmatchisi o‘ldirilgani va 15 dan ortig‘i yaralanganini ma'lum qilgan edi. Ular DXR pozitsiyalariga hujum qilgani ta'kidlangan. Ular DXR pozitsiyalariga hujum qilgan. Bundan tashqari, Makeyevka shahri o‘qqa tutilgani bois, 1 kishi o‘lgan, uch kishi yaralangan. Ukraina tomoni esa, qarshi tomon Avdeyevka tumaniga hujum uyushtirganini ta'kidlamoqda. Buning natijasida, Donetsk, Avdeyevka va boshqa yirik aholi punktlarini ichimlik suvi bilan ta'minlaydigan Donetsk filtrlash stansiyasi toksiz qolgani aytiladi.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi
20:37 / 27.05.2025
Kellog: Rossiya va Ukrainaning urushdagi yo‘qotishlari 1 million kishidan oshdi
20:17 / 27.05.2025