Jamiyat | 09:17 / 31.01.2017
12221
1 daqiqa o‘qiladi

Trampning kiyinishi aks etgan videoni 1 mlndan ortiq kishi ko‘rdi

AQSh prezidenti Donald Trampga GQ nashrininng qanday kiyinish kerakligi xususida maslahati aks etgan videolavha YouTube saytida ommalashib ketdi. Video GQ jurnalining kanaliga joylashtirilgan.

Modalar jurnali Trampga birmuncha tor shim kiyishni, unchalik keng bo‘lmagan bo‘yinbog‘ taqishni, oftobda qorayishni kamaytirishni hamda soch turmagini o‘zgartirishni maslahat bergan. 

GQ videoso‘nggida natijani havola qiladi va Amerika prezidentining qadriyatlari va qarashlarini o‘zgartirish oson emasligidan shikoyat qiladi. 

Mavzuga oid