Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
WhatsApp foydalanuvchilari jo‘natilgan xabarlarni tahrirlashi yoki o‘chirishi mumkin bo‘ladi
WhatsApp’da yangi funksiyalar paydo bo‘lishi kutilmoqda. Daily Telegraph xabariga ko‘ra, foydalanuvchilarga jo‘natilgan xabarlarni tahrirlash, qaytarib olish va o‘chirish imkoni taqdim etiladi.
Manbaning yozishicha, jo‘natilgan xabarlarni ikkinchi tomon ko‘rishidan oldin o‘chirib yuborish mumkin bo‘ladi. Xabar matni o‘zgartirilgach, qabul qilib oluvchi yangilangan variantni ko‘radi.
Bundan tashqari, WhatsApp’da guruhli chat ishtirokchilarining joylashgan o‘rnini aniqlash mumkin bo‘ladi.
«Joylashgan o‘rnini jonli tarzda aniqlash» (Live Location Tracker) funksiyasi messenjerning Android va iOS (tegishli ravishda 2.16.399 va 2.17.3.28) versiyalariga qo‘shiladi. Uni sozlamalarga kirib yoqish mumkin bo‘ladi. Bu foydalanuvchiga guruh ishtirokchilari uchrashishga kelishgan joydan qanchalik uzoqda ekanligini aniqlash imkonini beradi. Guruh ishtirokchilaridan har qaysi biri boshqalariga uning joylashgan o‘rnini aniqlashini taqiqlab qo‘yishi ham mumkin.
WhatsApp - eng keng tarqalgan mobil messenjerlardan bo‘lib, undan butun dunyo bo‘ylab foydalanishadi. 2014 yilda Facebook kompaniyasi WhatsApp’ni 21,8 mlrd dollar evaziga o‘ziniki qilgandi.
Mavzuga oid
17:53 / 07.05.2025
AQSh sudi Pegasus josuslik dasturini yaratgan Isroil kompaniyasini 170 mln dollar jarimaga tortdi
21:44 / 04.03.2025
Saudiya Arabistoni banklariga mijozlar bilan WhatsApp orqali muloqot qilish taqiqlandi
16:58 / 25.12.2024
Eronda WhatsApp va Google Play blokdan chiqariladi
09:53 / 21.12.2024