Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Borussiya» rahbariyati Roysning «Arsenal»ga o‘tishi mumkinligi haqidagi xabarga munosabat bildirdi
Dortmundning «Borussiya» jamoasi sport direktori Mixael Tsork Marko Roysning «Arsenal» futbolchisiga aylanish istagi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi.
Bundan oldingi xabarlarda Germaniya terma jamoasiga nomzod bo‘lgan ushbu hujumchining transferiga «to‘pchilar» jamoasi ustozi Arsen Vengerning shaxsan o‘zi qiziqish bildirayotgani aytilgandi.
«Mish-mishlarni muhokama qilish uchun ortiqcha vaqt yo‘qotishni istamayman. Roysning rejalari haqida hech narsa bilmayman», – deya Tsorkning so‘zlarini keltirgan Bild.
Bundesliganing joriy mavsumida 27 yoshli futbolchi barcha turnirlar doirasida 7 uchrashuvda maydonga tushdi (jarohatdan tiklanib - tahr.) va 4 gol urdi hamda 6 golga uzatma berdi.
Transfermarkt.de portali uning transfer qiymatini 40 mln yevroga baholagan, uning nemislar jamoasi bilan amaldagi shartnomasi muddati 2019 yilgacha tuzilgan.
Roysni «Barselona» ham o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Bu ma'lumot futbolchining o‘zi tomonidan ham, «Borussiya» tomonidan ham tasdiqlangan.
«Arsenal» «Borussiya» yetakchilaridan birini o‘ziniki qilmoqchi
Mavzuga oid
11:33 / 19.05.2025
«Roma» «Milan»ni yengdi va YeChL uchun kurashda qoldi, «Barsa» sovrin olgan kunida yutqazdi. Kun o‘yinlari
14:01 / 12.05.2025
Yevropa chempionatlarida YeChL uchun kurash qizimoqda. Kun o‘yinlari
02:17 / 08.05.2025
YeChL. "PSJ" javob o‘yinida ham "Arsenal"ni yengib, finalga chiqdi
12:27 / 04.05.2025