Iqtisodiyot | 20:46 / 01.02.2017
6016
1 daqiqa o‘qiladi

Tojikistonda qayta moliyalash stavkasi 12,5 foizga oshirildi

Foto: credits.ru

Tojikiston milliy banki (TMB) qayta moliyalash stavkasini 1,5 foizga oshirib, yillik 12,5 foizni qayd etdi. Bu haqida Asia Plus nashrida xabar berildi. 

31 yanvar kuni TMB pul-kredit siyosati qo‘mitasining majlisida shunga muvofiq qaror qabul qilingan. 

"Mazkur qaror pul-kredit siyosatini samarali yuritish va inflyatsiyani barqaror ushlab turishni ta'minlash maqsadida qabul qilindi", - deyiladi xabarda. 

Oxirgi marta qayta moliyalash stavkasi o‘tgan yilning iyulida 9 foizdan 11 foizga ko‘tarilgan edi. 

Tojikistonda eng yuqori qayta moliyalash stavkasi 2008 yilda (16 foiz), eng past stavka esa 2014 yil boshida (4,8 foiz) qayd etilgan.

Qayta moliyalash stavkasi Markaziy bankning asosiy foiz ko‘rsatkichi hisoblanib, banklararo pul bozorida Markaziy bankning tijorat banklari bilan bo‘ladigan operatsiyalarni amalga oshirishda qo‘llaniladi va iqtisodiyotdagi foiz stavkalarining indikatori bo‘lib xizmat qiladi.

Mavzuga oid