Jamiyat | 00:32 / 01.02.2017
6708
1 daqiqa o‘qiladi

Velopoygachi to‘qnashuvdan keyin baland ko‘prikdan tushib ketishiga bir baxya qoldi

AQShning Santa-Barbara shahridagi velopoyga unda ishtirok etayotgan velopoygachilardan birining halok bo‘lishi bilan tugashiga bir baxya qoldi. Gap shundaki, velopoygachi to‘qnashuv oqibatida 9 metrlik ko‘prikdan tushib ketishiga sal qolgan. Bu haqda Yahoo Sports nashri xabar bermoqda

Marraga biroz qolganda ikki velopoygachi to‘qnashib ketgan. Ular ortidan kelayotgan velopoygachi Mayk Alleko to‘qnashuvni chetlab o‘tolmay, unga borib urilgan. Zarba oqibatida u ko‘prik chetidagi beton to‘siq ustidan uchib o‘tib, ko‘prikdan tushib ketishiga bir baxya qolgan.

To‘qnashuv oqibatida velosiped pastdagi qurib qolgan daryo o‘zaniga tushib ketgan, sportchi esa ko‘prik chetini ushlab qolishi sabab omon qolgan.

Mavzuga oid