Light | 15:43 / 02.02.2017
5128
2 daqiqa o‘qiladi

Yaponiyada shokoladli sushilar paydo bo‘ldi

Yaponiyada yaqin vaqt ichida yangi turdagi qandolat mahsuloti sotuvga chiqadi - KitKat shokoladi bo‘lgan shirin sushilar. Bu haqda CNN xabar berdi.

Ular KitKat plitkalaridan tashkil topgan bo‘lib, asosi guruch va oq shokolad hamda vasabidan iborat. Shirinlikning hammasi bo‘lib uchta turi yaratildi va ular an'anaviy sushi sharafiga nomlandi.

Shu tariqa, “qizil tunetsli sushi”da malina ta'miga ega qizil KitKat ishlatilgan. “Dengiz suv o‘tlari omletiga” esa qovunli puding mazasi bo‘lgan shokolad qo‘yildi, “dengiz tipratikani sushisi” esa – Yaponiyaning Xokkaydo orolida yetishtiriluvchi noyob tarvuz turi va maskarpone pishlog‘idan iborat.

Bu shirinliklarni Tokioning mashhur savdo va madaniy mavzesi – Gindzada joylashgan KitKat brendi yangi do‘konida xarid qilish mumkin. Ular 2-14 fevral kunlari sotiladi. Uch sushi majmuasi narxi 27 dollarni tashkil etadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid