Jahon | 07:45 / 02.02.2017
6124
1 daqiqa o‘qiladi

Tillerson AQSh davlat kotibi lavozimini bajarishga kirishdi

Foto: Twitter .com @PressSec

Reks Tillerson Oq uyning Oval xonasida qasamyod keltirdi va AQSh davlat kotibi lavozimini bajarishga kirishdi. Ushbu marosimdan olingan suratlar Oq uy matbuot kotibi Shon Spayserning tvitterida chop etildi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda.   
 
"Bu prezidentga xizmat qilar ekanman, men amerika xalqiga ham barcha zamonlarda xizmat qilaman", deb qasamyod keltirgan Tillerson.

AQShning yangi davlat kotibidan qasamyodni vitse-prezident Maykl Pens qabul qilib olgan. Marosimda shuningdek AQSh prezidenti Donald Tramp ham ishtirok etgan. 

Mavzuga oid