Jamiyat | 11:37 / 04.02.2017
34335
1 daqiqa o‘qiladi

Hilol Nasimovning yangi - “Muqaddas istak” filmi treyleri taqdim etildi

Davlat buyurtmasi asosida “O‘zbekfilm” kinostudiyasida suratga olingan “Muqaddas istak” filmining ilk rasmiy treyleri taqdim etildi. Bu haqda O‘zbekistonlik aktyor Sohib Abbosxon “Feysbuk”dagi o‘z sahifasida ma'lum qilgan.

Kartina rejissyori Hilol Nasimov. Filmda O‘zbekistonning mashhur aktyor va aktrisalari suratga tushgan. Treylerda Sohib Abbosxon, Lola Eltoyeva, Tolib Mo‘minov va boshqa qator yosh aktyor va aktrisalarning ushbu filmda rol ijro etganlarini ko‘rish mumkin.

“Muqaddas istak” kartinasi haqida qo‘shimcha boshqa ma'lumotlar keltirilmagan.

Mavzuga oid