Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qatar Airways eng uzoq davom etadigan birinchi reysni amalga oshirmoqchi
Qatar Airways aviakompaniyasi samolyoti eng uzoq vaqt davom etadigan parvozga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Havo kemasi uning davomida o‘nta turli soat poyaslaridan kesib o‘tadi. Bu haqda Independent xabar berdi.
Nashr ma'lumotiga ko‘ra, samolyot Doha shahri aeroportidan 5 fevral 5:10da parvozga chiqadi hamda Yangi Zelandiyaning Okland shahrida dushanba kuni 07:30da qo‘nadi. Parvoz vaqti “atigi” 16 soat-u 20 daqiqani tashkil etadi, biroq soat poyaslarining o‘zgarishi tufayli bir yarim kunga cho‘ziladi.
Xabar qilinishicha, 2018 yilda Qatar Airways’ning rekordi Singapur aviayo‘nalishlari tomonidan yangilanadi – ular Singapur-Nyu-York yo‘nalishi bo‘yicha parvozni amalga oshirishmoqchi. Bunga qadar Dubaydan Oklandgacha bo‘lgan reys eng uzoq davom etuvchi, deb hisoblangan.
Mavzuga oid
22:01 / 23.04.2025
Indoneziyada bomba haqida hazil qilgan ayol reysdan tushirib qoldirildi
17:28 / 27.11.2024
Seuldan Toshkentga uchishi kerak bo‘lgan reys noqulay ob-havo sabab kechiktirildi
23:31 / 22.10.2024
Hindiston aviakompaniyalariga bir sutkada bomba to‘g‘risida 50 ga yaqin yolg‘on xabar kelib tushdi
13:50 / 13.09.2024