Sport | 00:35 / 05.02.2017
21849
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiya va Turkiya futbol klublari o‘rtasidagi uchrashuv mushtlashuv bilan tugadi

Mahachqal'aning "Anji" futbol klubi va Turkiyaning "Elyazigspor" futbol klublari o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvi futbolchilarning mushtlashuvi bilan yakunlandi. Bu haqda "R-Sport" nashri xabar bermoqda.

Uchrashuv "Anji"ning o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini doirasida o‘tkazilgan edi. Uchrashuvning 1-bo‘limida mahachqal'aliklar hisobni ochishgan. Turk klubi gol o‘tkazib yuborgandan keyin o‘zini tajovuzkorona tutishni va "Anji" futbolchilarining asabiga tegishni boshlagan.
 
Oxir-oqibat maydondagi taranglik futbolchilar o‘rtasidagi mushtlashuv bilan yakunlangan. Shundan so‘ng "Anji" bosh murabbiyi o‘z shogirdlarini maydondan olib chiqib ketishga qaror qilgan.
 
Ta'kidlanishicha, shu ikki klub o‘rtasida bir necha yil avval o‘tkazilgan uchrashuv ham janjal bilan yakunlangandi. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid