Jahon | 08:45 / 05.02.2017
3593
1 daqiqa o‘qiladi

Tramp Italiya bosh vaziri bilan suhbatda G7 sammitida ishtirok etishini tasdiqladi

AQSh prezidenti Donald Tramp Italiya bosh vaziri Paolo Jyentiloni bilan telefon orqali suhbatlashdi. Bu haqda Italiya hukumati saytida ma'lum qilindi

Suhbat davomida yetakchilar AQSh va Italiya o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlarning muhimligini, NATOning Yevropa va AQShda barqarorlik va xavfsizlikni ta'minlashdagi muhim rolini ta'kidlab o‘tishdi. 

Ikki davlat yetakchisi jahon terrorchiligi muammosi, Ukraina va Yaqin Sharqdagi vaziyatga e'tibor qaratishgan.

Tramp suhbat davomida may oyida o‘tadigan G7 sammitida ishtirok etishini tasdiqladi. U bu uchrashuvda Jyentiloni bilan yuzma-yuz uchrashishga umid qilishini bildirgan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid