O‘zbekiston | 19:55 / 05.02.2017
13668
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zA Milliy axborot agentligi yubileyini nishonlamoqda

Foto: Facebook / Bekzod Hidoyatov

O‘zbekiston Milliy axborot agentligi tashkil etilganiga bugun 25 yil to‘ldi. 

Shu munosabat bilan agentlik xodimi Behzod Hidoyatov feysbukdagi sahifasida agentlik jamoasini tabriklagan.

"Bugun O‘zbekiston Milliy axborot agentligi tashkil etilganiga 25 yil bo‘ldi. Shu munosabat bilan O‘zA jamoamiz a'zolarini chin dildan tabriklayman. Ijodiy parvozimiz hamisha xayrli bo‘lsin. O‘rtamizdan mehr-oqibat arimasin. Bir zamonlar  Frans Rress, Associated Rress kabi agentliklar ham 25 yoshini nishonlagan. Demak, hali hammasi oldinda. O‘zA nomi hamisha, har qayerda jaranglayversin!", deya yozilgan tabrikda.

Ma'lumot uchun, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi 1992 yil 5 fevralda O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimovning Farmoniga asosan tashkil etilgan bo‘lib, davlat rasmiy axborot manbai va mamlakatdagi yetakchi axborot agentligidir.

Bugungi kunda O‘zA O‘zbekiston Respublikasi davlat organlari faoliyati va mamlakatdagi muhim ijtimoiy-siyosiy voqealarni to‘laligicha yoritib kelmoqda. Agentlikning viloyatlardagi muxbirlar tarmog‘i mamlakatning barcha hududlaridagi o‘zgarishlar va yangiliklar haqida tezkor va obektiv axborot uzatish imkonini beradi. 

O‘zA o‘z axborotlarini o‘zbek, rus, ingliz, fransuz, nemis, ispan, arab va xitoy tillarida tarqatadi. 

Mavzuga oid