Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
A Seriyaning markaziy uchrashuvida «Yuventus» «Inter»ni yengib, turnir jadvalida ishonch bilan peshqadamlik qilmoqda
«Yuventus» klubi Italiya A Seriyasining 23-turi doirasida «Inter»ni mag‘lubiyatga uchratdi. Turinda kechgan bellashuv 1:0 hisobida yakunlandi. Shu tariqa neradzurrilarning musobaqadagi yetti g‘alabadan iborat seriyasiga nuqta qo‘yildi.
Jamoalar birinchi bo‘limda ko‘plab xavfli vaziyatlarni yuzaga keltirishdi hamda bir necha bor gol urishga yaqin kelishdi. 45-daqiqada burchak zarbasidan so‘ng to‘p Xuan Kuadradoga kelib tushdi va u jarima maydonchasi tashqarisidan kuchli zarba berib, hisobni ochdi.
Ikkinchi bo‘limda «Inter» to‘pni ushlab turish bo‘yicha yetakchilikni qo‘lga kiritgan bo‘lsada, «Yuventus» qarshi hujumlarga e'tibor qaratdi va 77-daqiqada hisobni oshirishiga bir baxya qoldi, biroq Samir Xandanovich milanliklar joniga oro kirdi. Qo‘shib berilgan vaqtda Ivan Perishich qizil kartochka olib maydonni tark etdi.
«Yuventus» (54 ochko) ikkinchi o‘rinda borayotgan «Napoli»ni olti ochkoga ortda qoldirmoqda. «Inter» esa 42 ochko bilan oltinchi pog‘onaga tushdi.
Italiya chempionati
23-tur
Yuventus – Inter 1:0 (1:0, 0:0)
Gol: 1:0 – 45 Kuadrado.
Yuventus – Buffon, Bonuchchi, Kellini, Aleks Sandro, Lixtshtayner (Dani Alves, 80), Xedira, Pyanich, Kuadrado (Markizio, 71), Manjukich, Dibala (Rugani, 85), Iguain.
Inter – Xandanovich, D`Ambrozio, Murilo, Miranda, Galyardini, Medel, Brozovich (Kondogbia, 58), Kandreva (Eder, 58), Joau Mariu (Palasio, 79), Perishich, Ikardi.
Ogohlantirishlar: Kandreva (7), Pyanich (23), Medel (43), Manjukich (46), Kuadrado (64), Xedira (65), Kellini (74), Xandanovich (90).
Mavzuga oid
19:29 / 23.05.2025
“So‘nggi qo‘ng‘iroq”. Italiyada kim chempion, Mbappe “Oltin butsa” oladimi va boshqa intrigalar
18:36 / 07.05.2025
Tajriba sinovi. «Barsa» nega yarimfinaldan o‘tolmadi?
02:38 / 07.05.2025
Yetti gol urilgan o‘yinda "Inter" "Barselona"ni YeChLdan chiqarib yubordi
10:53 / 01.05.2025