Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevropa grandlari Aguero uchun raqobat boshladi: Ispaniyada yana bir da'vogar
«Real» ortidan «Barselona» ham «Manchester Siti» jamoasi hujumchisi Serxio Agueroni transfer qilish uchun harakat boshladi.
Marca nashri xabariga ko‘ra, argentinalik bu hujumchi jamoasining asosiy tarkibidagi o‘rnini yo‘qotgach, ispan grandlarining e'tibori unga qaratildi. «Real» ancha vaqtlardan buyon ushbu futbolchini qo‘lga kiritishga harakat qilib keladi, ammo kataloniyaliklar klubi yetakchisi Lionel Messi ham o‘z do‘sti bilan bir jamoada o‘ynashni istaydi.
Bundan avvalroq Aguero mavsum oxiriga qadar «Manchester Siti»ga yordam berishda davom etishini, yozda esa kelajagi bo‘yicha qaror qabul qilishini aytgandi. Ushbu 28 yoshli futbolchining «Manchester Siti» bilan shartnomasi muddati 2019 yilga qadar. Joriy mavsumda u APLning 18 o‘yinida maydonga tushib, 11 gol urgan (3tasi penaltidan).
Bundan oldinroq ushbu hujumchiga «PSJ» va «Chelsi» ham jiddiy qiziqish bildirayotgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
10:44 / 26.05.2025
Hakamning xatosi «Aston Villa»ni, «Yuventus»ning penaltisi «Roma»ni YeChLsiz qoldirdi. Kun o‘yinlari
09:45 / 25.05.2025
«Bernabeu» Modrich va Anchelotti bilan xayrlashdi. «Real» fanatlari ko‘z yoshlarini tiya olmadi
20:38 / 22.05.2025
Modrich «Real»ni tark etadi
11:33 / 19.05.2025