Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hillari Klinton barcha ayollarni o‘z kelajagi uchun kurashishga chorladi
Sobiq AQSh prezidentligiga nomzod Hillari Klinton Donald Trampning inauguratsiyasidan keyin birinchi bayonot bilan chiqdi. The Guardian shu haqida xabar berdi.
U xotin-qizlarning muammolariga yo‘naltirilgan Makers konferensiyasidan videomurojaat yo‘lladi. Mazkur anjuman shu haftada Kaliforniyada o‘tkazilmoqda.
Videoda Klinton "barcha chaqiriqlarga qaramay", avvalgidek "kelajak ayollarniki" deb hisoblashini aytgan.
"Biz AQSh va butun dunyodagi millionlab ayollarni birlashtiruvchi "Ayollar marshi"ning jo‘shqin energiyasini ko‘rdik".
Klinton barcha ayollarni o‘z kelajagi uchun kurashishga va kuchli bo‘lishga chorladi.
Rasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, Donald Trampga qarshi aksiyalarda 1 milliondan ortiq amerikalik qatnashgan. Dastlab norozilik aksiyalarida yarim million kishining ishtiroki haqida axabar berilgandi, AQShning yangi prezidenti inauguratsiyasi ertasiga "Ayollar marshi"ga chiqishdi.
Nafaqat Amerika shaharlari, balki Yevropa va Osiyoda bo‘lib o‘tgan marshlarda ayollar bilan birga erkaklar ham ishtirok etgan.
Mavzuga oid
10:26 / 03.07.2024
O‘zbekistonda 6 oyda qancha oila yarashtirilgani ma’lum qilindi
16:50 / 24.06.2024
Senat raisi “Rahbar ayollar maktabi” tinglovchilari bilan uchrashdi
10:42 / 02.06.2024
Xotin-qizlarni eng ko‘p ishga olgan 10 ta korxona ma’lum qilindi
20:21 / 23.05.2024